PhD · DSc · erkin izlanuvchilar uchun

Ilmiy ishingiz
qog‘ozda qolmasin

Amaliy qismini ishlaydigan dasturga aylantiramiz va amaliyotga joriy etishga ko‘maklashamiz. Virtual laboratoriya, veb-platforma, mobil ilova yoki Windows dasturi — mavzuingizga qarab.

4 yil
shu yo‘nalishda
2 mln
so‘mdan boshlanadi
DGU
guvohnoma hujjatlari
Sizga nima qoladi shartnoma bo‘yicha
Dissertatsiya
amaliy qismi
Ishlaydigan
dastur
  • Internetda turadigan tayyor dastur va domen
  • DGU mualliflik guvohnomasi uchun hujjatlar
  • Joriy etish dalolatnomasi uchun materiallar
  • Manba kodi, qo‘llanma va taqdimot slaydlari
2 haftaeng qisqa muddat
2 mlnso‘mdan
1 yilbepul qo‘llab-quvvatlash
Nima qilamiz

Ilmiy natijangizni mahsulotga aylantiramiz

Dissertatsiya javonda qolmasin. Uni odamlar ishlatadigan dasturga aylantirsak, himoyada ham, amaliyotda ham natija ko‘rinadi.

01

Virtual laboratoriya va simulyator

Talaba tajribani o‘zi bajaradi — qurilmani yig‘adi, o‘lchaydi, hisoblaydi. Ichida haqiqiy fizik va kimyoviy model ishlaydi.

02

Veb-platforma va mobil ilova

Admin panel bilan: ma’lumotni o‘zingiz kiritasiz, foydalanuvchilarni boshqarasiz, statistikani ko‘rasiz.

03

Onlayn test va baholash tizimi

Savollar bazasi, avtomatik baholash, natijalar tarixi va eksport qilinadigan hisobotlar.

04

DGU guvohnomasi uchun hujjatlar

Dastur listingi, referat va ariza uchun kerakli hujjatlarni tayyorlab beramiz.

Qaysi sohalar uchun

Ilmiy yo‘nalishingizga mos yechim

Mavzuingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar — amaliy qismni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish yo‘li topiladi.

01

Fizika-matematika, texnika va geologiya

02

Kimyo, biologiya, tibbiyot va farmatsevtika

03

Qishloq xo‘jaligi va veterinariya

04

Iqtisodiyot, huquq va pedagogika

05

Tarix, falsafa, filologiya, geografiya va san’at

Mavzuingiz ro‘yxatda yo‘qmi? Baribir yechim topamiz

Ochiq gaplashamiz

Qanday buyurtmalarni qabul qilamiz

Hamma ishni ham olavermaymiz. Quyida nima qilishimiz va nimani umuman qilmasligimiz aniq yozilgan — vaqtingiz behuda ketmasin.

Qabul qilamiz

  • Dissertatsiya amaliy qismi uchun dastur, platforma yoki mobil ilova
  • Virtual laboratoriya va simulyator — fizika, kimyo, biologiya, texnika
  • Ma’lumot to‘plash, hisob-kitob va tahlil qiladigan dasturlar
  • Onlayn test va baholash tizimlari
  • Boshqa dasturchi boshlab, tashlab ketgan loyihani yakunlash
  • Mavjud tizimga yangi bo‘lim yoki integratsiya qo‘shish
  • DGU guvohnomasi uchun manba kodi va hujjatlar
  • Ilmiy loyiha yoki grant uchun sayt va hisobot paneli

Qabul qilmaymiz

  • Dissertatsiya yoki ilmiy maqola matnini yozib berish
  • Antiplagiat ko‘rsatkichini sun’iy «to‘g‘rilash»
  • Tajriba natijalarini o‘ylab topish yoki bo‘yab ko‘rsatish
  • Boshqa odam nomidan himoyada qatnashish
  • Birovning dasturini nusxalab, sizniki qilib berish
  • Ilmiy rahbar yoki kengash bilan «masalani hal qilish»
Bular ilmiy ishingizga ham, bizning obro‘yimizga ham zarar. Shuning uchun so‘ralsa ham bajarmaymiz.
Narxlar

Ilmiy ishlar uchun boshlang‘ich narxlar

Xizmat turi va loyiha funksiyalariga qarab individual yechim taklif qilamiz.

01

Ilmiy ish uchun veb-sayt (landing)

3 000 000 so‘m−33%
2 000 000
so‘mdan
02

Windows dasturi

6 000 000
so‘mdan
03

Onlayn test va baholash

5 000 000
so‘mdan
04

Veb-platforma

8 000 000
so‘mdan
05

Mobil ilova

10 000 000
so‘mdan
06

Virtual laboratoriya va simulyator

12 000 000
so‘mdan
To‘liq yechim

Ilmiy ishni to‘liq raqamlashtirish

  • Platforma + virtual laboratoriya + integratsiya
  • DGU guvohnomasi uchun hujjatlar
  • Server, domen va admin panel
25 000 000 so‘m
20 000 000
so‘mdan · −20%
Hisob-kitob qilish

Qo‘shimcha xizmatlar

DGU hujjatlarini tayyorlash1 000 000 so‘m
Ishlangan loyiha uchun taqdimot slaydi1 000 000 so‘m
Yakuniy narx texnik topshiriq va funksiyalar hajmiga qarab belgilanadi.
Rasmiy tarzda

Shartnoma, to‘lov va kafolat

Og‘zaki kelishuv bilan ishlamaymiz. Har bir band qog‘ozda yozilgan bo‘ladi — siz nima olishingizni, qachon va qancha to‘lashingizni oldindan bilasiz.

Rasmiy shartnoma

Shartnoma «IMAX» MCHJ bilan siz o‘rtangizda tuziladi. Ish tarkibi, muddat, narx va kafolat — hammasi yozma qayd etiladi.

To‘lov — bank orqali

Firmaning hisob raqamiga bank o‘tkazmasi yoki mobil ilovalar (Click, Payme) orqali to‘lanadi. Naqd pul olmaymiz.

Bosqichma-bosqich

Butun summa bir yo‘la so‘ralmaydi: bir qismi shartnoma imzolanganda, qolgani ish topshirilganda. Katta loyihada bosqich ko‘proq bo‘ladi.

1 yil kafolat

Topshirilgan kundan boshlab bir yil davomida dasturdagi har qanday xatolik bepul tuzatiladi. Bu shartnomada yozilgan.

Texnik yordam

Telegram yoki telefon orqali. Dastur ishlamay qolsa — birinchi navbatda, imkon qadar o‘sha kuni hal qilamiz. Kafolatdan keyin ham tashlab qo‘ymaymiz.

Kod va maxfiylik

Manba kodi topshirishda qo‘lingizga beriladi, dastur to‘liq sizniki. Ilmiy ishingiz va ma’lumotlaringiz uchinchi shaxsga berilmaydi.

Buxgalteriya uchun hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi rasmiy tarzda beriladi — to‘lovni tashkilot qilsa ham bo‘ladi.
Qanday ishlaymiz

Boshidan topshirishgacha — bitta jamoa

01

Suhbat

Ilmiy ishingizni, amaliy qismini va talablarni aniqlaymiz. Maslahat bepul.

02

Texnik topshiriq

Nima ishlanishini yozma kelishib olamiz — funksiyalar, muddat va narx.

03

Ishlab chiqish

Bosqichma-bosqich ko‘rsatib boramiz, siz tekshirib turasiz.

04

Topshirish

Serverga joylash, domen, hujjatlar va DGU uchun kerakli materiallar.

Tayyor misol

Bu reklama emas — ishlab turgan mahsulot

Quyidagi laboratoriyalar hozir real foydalanuvchilarda ishlayapti. Kirib o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin.

fizikadigitalsk.uz/ximiya/
Titrimetrik tahlil laboratoriyasi
Titrimetrik tahlil Ichida haqiqiy kimyoviy hisob: har tomchidan keyin pH qaytadan yechiladi, indikator noto‘g‘ri tanlansa natija ham noto‘g‘ri chiqadi.
fizikadigitalsk.uz/demo/
Amper kuchi laboratoriyasi
Amper kuchi va magnit induksiyasi Talaba tokni o‘zgartiradi, siljishni chizg‘ichdan o‘qiydi, jadvalni to‘ldiradi — dastur tekshiradi va ball qo‘yadi.
fizikadigitalsk.uz saytiga o‘tish →
Ko‘p so‘raladi

Izlanuvchilar eng ko‘p so‘raydigan savollar

Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin shu yerdan javob topsangiz ham bo‘ladi.

Ish jarayoni

Ilmiy ishni raqamlashtirish nima?
Bu — dissertatsiyaning amaliy qismini haqiqatda ishlaydigan dasturga aylantirish. Ilmiy ishda taklif qilingan model, metodika yoki algoritm qog‘ozda qolmasdan, virtual laboratoriya, veb-platforma, mobil ilova yoki Windows dasturi ko‘rinishida ishlay boshlaydi. Himoyada uni ochib ko‘rsatasiz, amaliyotga joriy etish uchun dalolatnoma olasiz.
Dissertatsiyaning amaliy qismi uchun qanday dastur kerak?
Mavzuga bog‘liq. Tajriba va o‘lchov bo‘lsa — virtual laboratoriya yoki simulyator. Ma’lumot to‘plash va tahlil bo‘lsa — admin paneli bilan veb-platforma. Kundalik foydalanish nazarda tutilsa — mobil ilova. Hisob-kitob va modellashtirish bo‘lsa — Windows dasturi. Birinchi suhbatda ilmiy ishingizga qaysi biri to‘g‘ri kelishini aniqlaymiz.
Ishni boshlash uchun mendan nima kerak?
Ilmiy ishingizning o‘zi yoki avtoreferati, amaliy qism tavsifi va — agar bo‘lsa — misol ma’lumotlar (jadval, o‘lchov natijalari, formulalar). Tayyor hujjat bo‘lmasa ham bo‘ladi: og‘zaki tushuntirsangiz, biz yozib chiqamiz va tasdiqlashga beramiz. Hech qanday oldindan to‘lov so‘ralmaydi — avval texnik topshiriq kelishiladi.
Necha kunda tayyor bo‘ladi?
Oddiy virtual laboratoriya yoki bitta bo‘limli dastur — 2 haftada. O‘rtacha platforma — 3–5 hafta. Katta tizim (mobil ilova + admin panel + hisobotlar) — 1,5–2 oy. Muddat texnik topshiriqda yozma qayd etiladi va shartnomaga kiritiladi.
Qaysi sohalar bo‘yicha ishlaysiz?
Fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, texnika, iqtisodiyot, pedagogika va filologiya. Soha begona bo‘lsa ham, avval ilmiy ishingizni o‘qib chiqamiz — tushunmasdan ishlamaymiz.
Boshqa viloyatda yashayman — masofadan ishlash mumkinmi?
Ha, mijozlarimizning ko‘pchiligi boshqa viloyatlarda. Butun jarayon Telegram va telefon orqali boradi: texnik topshiriqni yozma yuboramiz, tayyor bo‘lgan qismlarni havola bilan ko‘rsatamiz, shartnoma va hujjatlarni pochta yoki elektron shaklda almashamiz. Kelishingiz shart emas.
Dissertatsiyaning ilmiy matnini ham yozib berasizmi?
Yo‘q. Biz faqat dastur qismini ishlaymiz — ilmiy matn, tahlil va xulosalar sizniki bo‘lishi kerak. Bu printsipial: himoyada dastur haqidagi savollarga o‘zingiz javob bera olishingiz uchun ishni birgalikda tushunib olamiz va tayyor bo‘lgach batafsil tushuntirib beramiz.

Shartnoma va to‘lov

Shartnoma tuzasizmi? Kim bilan?
Ha, har bir buyurtma rasmiy shartnoma asosida bajariladi. Shartnoma «IMAX» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan siz o‘rtangizda tuziladi. Firma 2023-yil 14-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan (STIR 310 982 808) va 2024-yil 31-yanvardan IT Park rezidenti (guvohnoma № 2358). Shartnomada ish tarkibi, muddat, narx, to‘lov tartibi va kafolat shartlari yozib qo‘yiladi — og‘zaki kelishuv bilan ishlamaymiz.
To‘lovni qanday amalga oshiraman?
To‘lov firmaning hisob raqamiga bank orqali yoki mobil ilovalar (Click, Payme va shu kabilar) orqali o‘tkaziladi. Naqd pul olmaymiz. Shartnoma imzolangach hisob-faktura yuboriladi, unda barcha rekvizitlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Butun summani bir yo‘la to‘lash kerakmi?
Yo‘q. To‘lov bosqichlarga bo‘linadi: shartnoma imzolanganda birinchi qismi, ish topshirilganda qolgani. Katta loyihalarda bosqichlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin — har bosqich tayyor bo‘lgan ishni ko‘rganingizdan keyin to‘lanadi. Aniq tartib shartnomada yoziladi.
Narxi nimaga bog‘liq?
Funksiyalar soniga va murakkabligiga. Narxlar 2 mln so‘mdan boshlanadi. Aniq summa texnik topshiriq tuzilgandan keyin belgilanadi, shartnomaga kiritiladi va keyin o‘zgarmaydi — siz yangi funksiya qo‘shishni so‘ramasangiz.
Buxgalteriya uchun hujjat berasizmi?
Ha. Shartnoma, hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi rasmiy tarzda beriladi. Agar to‘lovni tashkilot (universitet, ilmiy muassasa yoki korxona) qilayotgan bo‘lsa, hujjatlar o‘sha tashkilot nomiga rasmiylashtiriladi.

Kafolat, yordam va huquqlar

Dasturga kafolat bormi?
Ha, ish topshirilgan kundan boshlab 1 yil kafolat beriladi. Shu muddat ichida dasturdagi har qanday xatolik — noto‘g‘ri hisob, ochilmay qolgan sahifa, buzilgan funksiya — bepul tuzatiladi. Kafolat shartnomada yozilgan, og‘zaki va’da emas.
Kafolat nimani qamrab olmaydi?
Texnik topshiriqda bo‘lmagan yangi funksiya qo‘shish, dizaynni butunlay o‘zgartirish va boshqa dasturchi kodga aralashgandan keyin yuzaga kelgan nosozliklar kafolatga kirmaydi. Bunday ishlar alohida kelishiladi. Server va domenning yillik to‘lovi ham alohida — bu bizning emas, xizmat ko‘rsatuvchining narxi.
Texnik yordam qanday ishlaydi?
Telegram yoki telefon orqali murojaat qilasiz. Ish kunlari kunduzi javob beramiz; dastur umuman ishlamay qolgan holatlar birinchi navbatda, imkon qadar o‘sha kuni hal qilinadi. Kafolat muddati tugagandan keyin ham tashlab qo‘ymaymiz — yordam davom etadi, faqat katta o‘zgartirishlar pullik bo‘ladi.
Server va domen to‘lovi keyin nima bo‘ladi?
Birinchi yil narxga kiritilgan. Keyingi yillarda server va domen uchun yillik to‘lov bo‘ladi — uni biz orqali ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zingiz ham to‘lashingiz mumkin. Xohlasangiz, dasturni universitetingizning o‘z serveriga ko‘chirib beramiz.
DGU mualliflik guvohnomasini olishga yordam berasizmi?
Ha. Dastur manba kodini, tavsifini va ariza uchun kerakli hujjatlarni tayyorlab beramiz. Guvohnoma sizning nomingizga rasmiylashtiriladi — muallif sizsiz.
Dastur kimning nomida bo‘ladi? Manba kodi beriladimi?
Dastur to‘liq sizniki. Manba kodi topshirish paytida qo‘lingizga beriladi — keyinchalik istagan dasturchi bilan davom ettira olasiz. Biz zaxira nusxani faqat sizga yordam berish uchun saqlaymiz va uni hech kimga bermaymiz, boshqa buyurtmada ishlatmaymiz.
Ilmiy ishim va ma’lumotlarim maxfiy qoladimi?
Ha. Ilmiy ishingiz, ma’lumotlaringiz va natijalaringiz uchinchi shaxsga berilmaydi. Sizning roziligingizsiz loyihani namuna sifatida ham ko‘rsatmaymiz. Kerak bo‘lsa shartnomaga alohida maxfiylik bandi kiritiladi.
Himoyada dasturni qanday ko‘rsataman?
Dastur o‘z domeningizda internetda turadi — havolani ochsangiz kifoya. Internetsiz variant ham beriladi: noutbukdan ishlaydigan nusxa. Qo‘llanma va taqdimot slaydlari ham tayyorlanadi, kerak bo‘lsa himoyagacha bir marta birga mashq qilib ko‘ramiz.

Ishingizni ayting — nima qilish mumkinligini aytamiz

Maslahat va hisob-kitob bepul. Mavzuingizni eshitib, qanday yechim mos kelishini va qanchaga tushishini aytamiz.

Telefon
+998 91 255 52 60
Telefon
+998 91 386 58 28
Telegram
@qogambaev
Manzil
Nukus, IT Park binosi, 6-qavat
yoki Telegram bot orqali murojaat qiling
Qo‘ng‘iroq Telegram